Joriy yilning 23-24-aprel kunlari poytaxtimizdagi “Do'stlik” istirohat bog'ida “Yashil Makon” II Xalqaro ekologik festivali o'tkaziladi. Loyiha Turizm va madaniy meros vazirligi, “Do'stlik” bog'i va “Makon” telekanali hamkorligida tashkil etilmoqda.

Festival ikki kun elektromobillar ko'rgazmasi, ekologiya va inson badiiy ko'rgazmasi, ECO EXPO ekologik toza mahsulotlar va suvenirlar ko'rgazma-yarmarkasi bo'lib o'tadi.

Shu bilan birga, festival maydonida fotografiya, rasm, eko-plakatlar, mahorat saboqlari, ma'ruzalar, filmlar namoyishi, bolalar va kattalar uchun ekologik ta'limga oid tadbirlar, bolalar uchun o'yin kvestlari namoyish etiladi.

Bundan tashqari, festival doirasida “Meros” jamg'armasi ko'ngillilar klubini jalb etgan holda navbatdagi ko'chat ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Innovatson rivojlanish vazirligi, “Atrof-muhitni sertifikatlashtirish va standartlashtirish davlat markazi” MCHJ va “Meros” xayriya jamoat fondi “Orolbo'yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” mavzusida yangi innovatsion startap loyihalar bo'yicha umumrespublika tanlovi bo'lib o'tadi.