Toshkentda “Yashil shahar” kuni oʻtkaziladi

    Shu yilning 9-noyabr kuni poytaxtimizda “Yashil shahar” kuni oʻtkaziladi.

    Toshkent shahar hokimligining xabariga koʻra,

    9-noyabrda “Yashil shahar” kuni oʻtkazilishi munosabati bilan hokimlik barcha tashkilotlar, korxonalar hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qoʻshilishga chorlamoqda.

    Qayd etilishicha shu kuni aholi vakillari daraxtlarni oʻzlari xohlagan joyga — uylariga, hovlisiga, korxona hududiga yoki hokimlikka murojaat qilib, boshqa tavsiya etilgan maqbul joylarda ekishlari mumkin.

    Shuningdek hokimlik, poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar oʻrniga 2 yoshdan katta koʻchatlarni ekishni va sugʻorish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etmoqda.