Toshkentda metro oynasi ochilayotganda sinib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining kichik oynasi yoʻlovchilar tomonidan sindirilgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha “Toshkent metropoliteni” DUK maʼlumot berdi.

    “Toshkent metropoliteni” DUKning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan holat shu yilning 4-iyul sanasida sodir etilgan boʻlib, 4006-sonli metro vagonining tirqishi yoʻlovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat bilan ochilgan va natijada tirqish sinib ketgan.

    Ushbu holatdan poyezd mashinisti xabar topgach, belgilangan yoʻriqnomaga asosan harakat tarkibi elektrodepoga olib kirilgan va ushbu kamchilik tezda bartaraf etilgan.

    Shu oʻrinda, yoʻlovchilardan metro xizmatidan foydalanish vaqtida ehtiyotkor boʻlishlarini hamda metro mulkiga zarar yetkazmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.