Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 3-oktyabr kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Temur Malik-Bogʻishamol koʻchalari chorrahasida haydovchi 1985-yilda tugʻilgan A.R. “Yutong” rusumli transport vositasi va haydovchi 1973-yilda tugʻilgan A.S. boshqaruvida boʻlgan “Kamaz” rusumli yuk transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.