Joriy oʻquv yilida mazkur maktabni 118 nafari oʻquvchi bitiradi, bugungi kunda ularning 25 nafari 5,5 dan 7,5 ballgacha boʻlgan natijalar bilan IELTS topshirgan.

Oʻquvchilar kirgan oliy taʼlim muassasalari orasida Webster University, TEAM University, MDIS Tashkent, Westminster International University in Tashkent, Polshadagi Vistula University, INHA universiteti, Toshkentdagi Bucheon universiteti, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi bor, deyiladi xabarda.