Qayd etilishicha, shu yilning 2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli koʻchalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli quyidagi cheklovlar amal qiladi.
— Bratislava yoki Glinka koʻchalari yoʻnalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada toʻgʻriga va chapga oʻtish yopiladi, faqat oʻngga burilish mumkin;
— Shota Rustaveli koʻchasi yoʻnalishida chorraha orqali faqat toʻgʻriga va oʻngga harakatlanish mumkin.
Shahar hokimligi vaqtinchalik noqulayliklar uchun harakat ishtirokchilaridan uzr soʻragan.









