27 Apr 2025
19:31

    Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati 4 oyga cheklanadi

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumani “Yangi Oʻzbekiston” shoh koʻchasi boʻylab “CAEX” savdo koʻrgazmalar uyidan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻining kirish qismigacha boʻlgan hududda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

    Maʼlumotlarga koʻra, Yangi Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.

    Mazkur yoʻl qismi joriy yilning 12-aprelidan 1-sentyabrigacha yopiladi, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech