Toshkentdagi bogʻda odamlar orasida ilon oʻrmalab ketayotgani aytildi

    Yashil sayyora 26 May 2025 940

    Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy bogʻ hududida, odamlar orasida bahaybat ilon oʻrmalab ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Maʼlumotda keltirilishicha, ushbu holat boshqarma tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasida xabarda tasvirga olingan koʻp rangli (naqshli) poygachi ilon zaharli boʻlmagan ilon turiga kirishi aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, u butun Oʻzbekiston boʻylab, shuningdek, aholi punktlarida, jumladan, yirik shaharlarda ham yashaydi hamda odamlar va uy hayvonlari uchun xavf tugʻdirmaydi.

    Bu kabi ilonlar tartibli, kemiruvchilar, odamlarning salomatligi va hayotiga tahdid soladigan yuqumli kasalliklar tashuvchilari bilan oziqlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olib fuqarolardan ushbu turdagi ilonlardan xavfsiramaslik va ortiqcha qoʻrquvga berilmasliklarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.