Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopiladi

    Voqea-hodisalar 24 Iyun 2025 645

    Haydovchilardan maʼlum vaqt muqobil yoʻnalishlardan foydalanish soʻraldi.

    Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

    Maʼlumotlarga koʻra, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ertaga, 25-iyun soat 00:00 dan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasida transport vositalari harakati joriy yilning 25-iyun soat 24:00 dan 1-iyul kuniga qadar toʻxtatiladi.

    Yoʻlning yopiladigan qismi: Temur Malik-Parkent-Maxtumquli koʻchalari aylanma harakatidan , TXAY-Ohangaron shoh koʻchalari aylanma harakatigacha boʻlgan qismi.

    Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, Bektemir shoh koʻchasi, Fargʻona yoʻli koʻchasi, Mahtumquli koʻchasi, va Yangi Oʻzbekiston koʻchalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi, — deyiladi xabarda.