Qayd etilishicha, monitoring doirasida shifoxonadagi bemorlar bilan yakka va jamoaviy tartibda suhbatlashilgan va davolanuvchilar sharoitlari, ovqatlanishi, ularga tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar sifati, ularni saqlash xonalari oʻrganilgan.
Monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, shifoxona oqova suv (kanalizatsiya) quvurida yuz bergan nosozlik sababli badboʻy hid chiqib, bemorlarni saqlash sharoitiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, isitish qozonini yangi, tejamkor, zamonaviy isitish qozoniga almashtirishga ehtiyoj zarur.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, shu kabi muassasalarda majburiy davolanayotgan shaxslar mavsumiy kiyim-bosh bilan taʼminlanishi belgilangan boʻlsada, haligacha bu borada tegishli choralar koʻrilmagan.
Monitoring tashriflari yakunlariga koʻra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman taʼsir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi, — deyiladi xabarda.








