Xususan, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar oʻrnatgan holda mahalla, dahalar va koʻchalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularning xohshiga koʻra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazish huquqi berildi.
Endilikda yuqoridagi toifa davlatlardan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar oʻz xohshiga koʻra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul taʼminlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazishi mumkin boʻladi.
Fuqarolar karantin nazorati davrini oʻtkazishi mumkin boʻlgan mehmonxonalar roʻyxatini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantiriladi.
Fuqarolar karantin nazorati davrini mehmonxonada oʻtkazishda Karantin nazorati davrini mehmonxonalarda oʻtkazishning vaqtinchalik tartibiga qatʼiy rioya etishlari talab etiladi.