Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Instituti mutaxassislari iyul oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.

Monitoring natijalariga koʻra, 12 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasaygan. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etildi.

Iyul oyida tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi qayd etilmagan.