Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganligini koʻrsatdi.
Shunday qilib, olmaning minimal narxi 28,2 foiz, pomidorniki 18,7 foiz, karamniki 15,9 foiz, limonniki 13,8 foiz, grechkaniki 5,9 foiz, tovuq goʻshtniki (file) 3,1 foiz, sariq piyozniki 2,0 foiz, shakarniki 1,6 foiz pasaygan.
9 nomdagi mahsulotning minimal narxlari oshgan. Narxining oshishi boʻyicha kartoshka yetakchi boʻldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bogʻliq.
4 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Ularning orasida bugʻdoy uni, guruch, qizil sabzi va tuxum.
tahlil 8-avgust va 12-sentyabr kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.