Bugun, 26-aprel kuni soat 13:58 da Shayxontoxur tumanidagi yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:10 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.