Aytish joizki, Al-Ayn Birlashgan Arab Amirliklarining toʻrtinchi yirik shahri hisoblanadi. Shahar muhim madaniy markaz boʻlib, mamlakat tarixida alohida rol oʻynaydi.
“Air Samarkand” kompaniyasining “Airbus A321” samolyoti yuqori darajadagi qulaylikni taʼminlaydigan 12 ta keng biznes-klass va 182 ekonom klass oʻrindiqqa ega.
–Biz parvoz xaritamizda yana bir yoʻnalish va yangi mamlakat paydo boʻlganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, ushbu yoʻnalish sayyohlar uchun manzur boʻladi, – dedi kompaniya bosh direktori Zafar Abdullayev.
Kompaniya axborot xizmatining xabar qilishicha, parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.