Toshkentdan Issiq-koʻlga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

    Bugundan Toshkent – Choʻlpon-ota (Issiq-koʻl) yoʻnalishida mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Chipta narxi 300 000 soʻm. Chiptalarni avtoticket.uz sayti, ATTO va UzBus ilovalari orqali onlayn xarid qilish mumkin.

    Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi.