Texnik ishlar bajarilishi havo kemasining rejalashtirilgan vaqtda uchishiga moneʼlik qilgan.

Mazkur reys oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

HY101 qatnovi

Toshkentdan joʻnab ketish soat 13:00 da, mahalliy vaqt

Nyu-Yorkga yetib kelish soat 16:10 da, mahalliy vaqt

HY102 qatnovi

Nyu-Yorkdan joʻnab ketish soat 17:45 da, mahalliy vaqt

Toshkentga yetib kelish soat 15:45 da (ertasi kuni), mahalliy vaqt

Aviakompaniyaning texnik xizmati mutaxassislari havo kemasini rejalashtirilgan parvozga tayyorlash boʻyicha barcha zarur ishlarni olib bormoqda. Noqulayliklar uchun uzr soʻraldi.