“Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning xabar berishicha, yuk boʻlimi eshigining notoʻgʻri signalizatsiyasi ishga tushganligi sababli, ekipaj balandlikka koʻtarilishni toʻxtatib, protseduralarga muvofiq, joʻnab ketish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Xabarda aytilishicha, aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha zarur ishlarni amalga oshirilgan va havo kemasi yaqin fursatlarda oʻz yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshiradi.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraldi.