“Air Arabia” 27-dekabrdan qish mavsumi uchun Ras al-Xayma amirligiga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Uzbekistan Airorts Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, parvozlar haftada bir marotaba juma kunlari qulay Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
“Air Arabia” — shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arab loukoster aviakompaniyasi boʻlib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek Marokashning toʻrtta aeroportidan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va MDH mamlakatlariga yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiradi.