Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan shu yilning 17-avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yoʻnalishida;

22-avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – Gʻuzor – Qamashi yoʻnalishida;

23-avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan “Toshkent” avtovagzali hamda “Uzautotrans Service” korxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing.

Yoʻlovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib olish mumkin, — deyiladi xabarda.