Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" xabar berdi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Yunusobod va Uchtepa tumanlarining quyidagi hududlariga 18-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Yakkasaroy tumani

Aholi isteʼmolchilari soni:

"Dilbuloq" MFY Sh.Rustavelli koʻchasi 8 ta koʻp qavatli uylardagi 676 ta xonadon;

U.Nosir koʻchasidagi 12 ta yerli xonadon;

Qushbegi koʻchasi 2 ta koʻp qavatli uylardagi 240 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 15 ta

Yunusobod tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: "Qashqar" MFY Markaz-4 daha koʻp qavatli uylardagi 146 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Uchtepa tumani

Aholi isteʼmolchilari soni: Beshqayragʻoch koʻchasidagi 6223 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 76 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.