“Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish” maqsadida quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

Yashnobod tumanining: “Shohsanam”, “Katta Yangiobod”, “Aviasozlar”, “Navroʻzobod”, “Parvoz” hamda “Dilbogʻ” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Uchtepa tumanining: “Bogʻiston” MFYning 4 ta koʻp qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumanining: “Muqimiy” MFY hududida soat 17:00 gacha;

Chilonzor tumanining: “Doʻmbirobod” hamda “1-Charx Kamolon” MFYlari hududida soat 18:00 gacha;

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.