Toshkentning ba'zi tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtaydi

    Mamlakatimizda 9 Avgust 2024 278

    Tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to'xtatiladigan tuman va mahallalar ro'yxati 👇

    Ta'mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug'bek, Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 9 avgust kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to'xtatiladi.

    Mirzo Ulug'bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

    — "Alisherobod” MFYdagi 347 ta erli xonadon va 2 ta ko'p qavatli uydagi 20 ta xonadon.

    Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)

    — “Eshonbuloq” MFY Muqanna va Xonobod ko'chalaridagi 467 ta erli xonadon;

    — “Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo ko'chalaridagi 730 ta xonadon;

    — “Xonobod” MFY Kichik soy ko'chasidagi 125 ta erli xonadon.

    Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)

    — Aholi iste'molchilari soni: 2 ta ko'p qavatli uydagi 60 ta xonadon.