“Hududiy gaz tarmoqlari” AJ xabariga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 13-noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:
- Bektemir tumani — “Gulbogʻ” va “Iyik ota” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani — “Navbahor” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻradi.
“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.









