Mazkur taʼlim muassasasining qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga qilgan tashrifidagi yigʻilish bayonida keltirilgan. Taʼlim muassasasining qurilish ishlariga respublika byudjetidan 3.2 mlrd. soʻm ajratilgan.
Tuman hokimi Abduqahhor Djoʻrabayev obyektda boʻlib, qurilish jarayonlari bilan tanishdi, qurilish tashkiloti masʼullariga muassasa binosini tez va sifatli, shuningdek belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.