Unga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJga respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan Cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash xarajatlari uchun 18 milliard so‘m ajratiladi.

Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot kiritadi.

O‘z navbatida, “Toshshahartransxizmat” ajratilgan mablag‘larning o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlaydi.