Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda oʻz manbalariga tayanib.
Sudya Umidbek Musayev raisligidagi ishda jami 21 nafar shaxsga nisbatan ayblov xulosasi shakllantirilgan, ularning 8 nafari hibsda.
Sud jarayoni ochiq boʻlishi aytilgandi, biroq sud jurnalistlarga jarayondan foto, video, shuningdek, audioyozuvlar olishni taqiqladi.
Sud raisi sudlanuvchilarning roʻyxatini eʼlon qildi. Ular:
- Anvar Joʻrayev (1982) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi. Muqaddam sudlanmagan.
- Abdujamil Azizov (1972) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi oʻrinbosari. Muqaddam sudlangan, JKning 135-moddasi.
- Najmiddin Davlatov (1963) — “Toshshahartransxizmat” sobiq boshqaruv raisi oʻrinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
- Dilshod Ashirmatov (1982) — 1-avtobus saroyi rahbari. Muqaddam sudlanmagan.
- Shoaziz Ashirov (1993) — 1-avtobus saroyi rahbari oʻrinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
- Ismoil Baratov (1988) — 8-avtobus saroyi rahbari oʻrinbosari. Muqaddam sudlanmagan.
- Husan Mahkamov (1983) — “Toshavtotaʼmirxizmat” raisi. Muqaddam sudlanmagan.
- Axmad Alimov (1969) — “Toshavtotaʼmirxizmat” raisi oʻrinbosari. Muqaddam sudlangan, 167-modda.
- Habibullo Muzaffarov (1983) — “Toshavtotaʼmirxizmat” ombori xodimi. Muqaddam sudlanmagan.
- Kozimbek Xudoyorov (1983) — 2-avtobus saroyi boʻlim boshligʻi. Muqaddam sudlanmagan.
- Bekzod Ibragimov (1985) — 8-avtobus saroyining sobiq rahbari. Muqaddam sudlanmagan.
- Shuhrat Axmedov (1972) — 8-avtobus saroyi bosh muxandisi. Muqaddam sudlangan, 167-modda.
- Xikmat Rahimberdiyev (1978) — 8-avtobus saroyi ombor mudiri. Muqaddam sudlanmagan.
- Baxtiyor Sharipov (1967) — 8-avtobus saroyi moddiy mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
- Qobil Nosirov (1970) — 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
- Ravshan Zoirov (1967) — 8-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
- Faxriddin Zokirjonov (1962) — 1-avtobus saroyi navbatchi mexanigi. Muqaddam sudlanmagan.
- Dostonbek Alimbekov (1998) — “Toshshahartransxizmat” AJ harakat xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi. Muqaddam sudlanmagan.
- Ravshan Atamuhammedov (1974) — 1-avtobus saroyi bosh muxandisi. Muqaddam sudlanmagan.
- Nargiza Abdurahmonova (1983) — 8-avtobus saroyi ishlab chiqarish boʻlimi muxandisi. Muqaddam sudlanmagan.
- Islombek Ibragimov (1984) — 1-avtobus saroyi ombor mudiri. Muqaddam sudlanmagan.
Sud raisi sudlanuvchilarning aksariyati ayblov xulosasi olmagani sababli jinoyat ishini koʻrib chiqishni 1 hafta, yaʼni 30-sentyabrgacha qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, u fevral oyida Bosh prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasiga binoan qoʻlga olingan edi. Shundan soʻng ish DXX tomonidan olib borilayotgani, Joʻrayev kompaniya bosh muhandisi va ikkita avtobus saroyi rahbarlari bilan til biriktirib, ehtiyot qismlar va yoqilgʻi oʻgʻirlashda gumon qilinayotgani maʼlum qilindi.