Ma'lumki, SARS-CoV-2 organizmga burunning shilliq qavati orqali yuqadi. Burun orqali intranazal usulda antitanachalarni yuborish infeksiyaga qarshi kurashishda muhim rol o'ynashi mumkin.
Mutaxassislar COVID-19ga qarshi vaksina uchun ko'p miqdorda antitanachalarni olishning arzon usulini topishdi. Ular tuxum qo'yadigan tovuqlarga SARS-CoV-2ning boshoq oqsilining retseptorlari bilan bog'lovchi domeni (RBD)ni emlash tarzida yuborishdi.
Oradan ikki-uch hafta o'tib, tovuq tuxumlarida yetarli miqdorda IgY antitanachalar borligi aniqlandi. Klinik sinovning I fazasi olingan antitanachalar xavfsiz ekanini, sog'lom odamlar intranazal tomchi usulida uni yaxshi qabul qila olishini ko'rsatdi.
Tovuq orqali hosil qilingan IgY antitanachalarning afzalligi shundaki, u immun reaksiyalari xavfini kamaytirish imkoni beradi.
Olimlar mazkur vaksinani revmatoid kasalligi bor, immuniteti past bo'lgan odamlar, shuningdek, keksalar, bolalar foydalanishi mumkinligini ta'kidlashmoqda, deb yozadi korrespondent.net.