Toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazishning yangi tartibi belgilandi

    Salomatlik 20 Sentabr 2021 1078

    Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va maʼnaviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

    Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish boʻyicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, shu yilning 20-sentyabridan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda oʻtkazilishiga ruxsat berildi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.