Bunga sabab, 2019-yilning 10-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan oʻtkazilgan seminarda Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislari Oʻzbekistonning koʻrsatkichlari boʻyicha eʼtiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgan edi.
Natijada FAO mutaxassislari Davlat statistika qoʻmitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi” koʻrsatkichini 2014-yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta koʻrib chiqdi. Qayta hisoblash natijasida koʻrsatkichlar 2016-2018-yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va 2017-2019-yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.
Bu maʼlumotlar 2020-yilning 13-iyul kuni boʻlib oʻtgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yigʻilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali eʼlon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, FAO ekspertlari 2019-yilgi (SOFI – 2019) yigʻilishida Oʻzbekistonning 2016-2018-yillarda toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi koʻrsatkichlarini 6,3 % (2,0 mln. kishi) deb eʼlon qilgan edi. Bu koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Qozogʻiston (2,1 %) va Turkmaniston (5,4 %) dan keyin uchinchi oʻrinni egallagan edi.