Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda AKT sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
«Toyota Tsusho orporation» hamda «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida umumiy qiymati 150 million dollardan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi.
Ushbu loyihalar o‘zbekiston tomon uchun ham yaponiya tomon uchun ham juda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Kelgusida nafaqat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, balki, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bir nechta ishchi o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi IT xizmatlar autsorsingi – BPO xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishida yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.
Shu bilan birga, Yapon tomoni IT-sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligi ma’lum qilindi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.