“Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi ыonunning 16, 17 va 28-moddalari, “ekologik nazorat to'g'risida”gi ыonunning 11-moddasi talablaridan kelib chiqib, ya'ni foydalanishda bo'lgan avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan vazifalarni bajarish maqsadida tilga olingan vazirlik va idoralar hamkorligida keyingi yillarda izchil ish olib borilyapti.
Jumladan, transport vositalari holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish yo'nalishida respublika miqyosida “Toza havo” oyligining o'tkazilishi bo'yicha Davlat ekologiya qo'mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo'shma ko'rsatmaga asosan joriy yilda mazkur tadbirning birinchi bosqichi 10 apreldan 10 mayga qadar, ikkinchi bosqichi esa 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar o'tkazilishi belgilab qo'yilgandi. Bunda “Toza havo” tadbiri Toshkent shahri bo'yicha 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha o'tkazilayotganiga e'tibor qaratish joiz.
Demak, “Toza havo” tadbiri ikkinchi bosqichining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda yakunlanganini inobatga olib, uning dastlabki natijalari va bugungi kun uchun dolzarb ahamiyati e'lon qilish maqsadga muvofiqdir.
“Toza havo” tadbirining I va II-bosqichi davomida jami 270 344 ta (I-bosqichda – 125 448 ta, II-bosqichda – 144 896 ta) avtotransport vositalari ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o'lchash asboblari yordamida ekologik nazoratdan o'tkazilishi ta'minlandi. Tekshirilgan avtotransport vositalarining 9113 tasi yoki 3,4 foizida zararli tutunlar me'yorlardan yuqoriligi aniqlandi.
Natijada shuncha avtomobil` haydovchilariga ogohlantirishlar berilgan bo'lsa, yana 2986 ta avtotransport vositalari normadan ortiq hollarni bartaraf etish uchun vaqtincha to'xtatilib, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish shahobchalariga yo'naltirish choralarini ko'rildi.
Tadbir davomida ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq bo'lgan 2049 ta avtotransport haydovchilariga nisbatan Yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan belgilangan jarimalar qo'llanildi.
SHuningdek, tadbir o'tkazilishi va natijalari haqida ommaviy-axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borildi. Ishlatilgan gazlarida ifloslantiruvchi moddalar miqdorining oshishi bevosita yonilg'i sarfini ham oshishiga olib kelishi va boshqa mavzularda uchrashuvlar tashkil etilishi ta'minlandi. Jumladan, “Toza havo” tadbirlari davomida markaziy va mahalliy telekanallarda jami 55 ta teleko'rsatuv, 66 ta radioeshittirish efirga uzatildi.
Gazeta va jurnallarda 105 ta maqola chop etilib, 242 ta panno va bannerlar, 6379 ta plakatlar joylashtirildi. SHuningdek, avtotransport korxonalarida 298 marotaba mavzuga oid seminarlar o'tkazildi.
“Toza havo” tadbiri samaradorligini yanada oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi hamkorligida avtotransport vositalarining ekologik holatini nafaqat avtoyo'llarda yoki YPX maskanlarida, balki har yili o'tkazilayotgan majburiy texnik ko'rik chog'ida ham olib borilishiga kelishildi.
Joylardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, majburiy texnik ko'rigi doirasida jami 43 398 ta avtotransport vositalari ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o'lchash asboblari yordamida ekologik nazoratdan o'tkazilishi ta'minlangan. Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1338 tasi yoki 3,08 foizda ifloslantiruvchi moddalari miqdori o'rnatilgan me'yorlardan yuqoriligi aniqlangan. Mazkur texnik ko'rik jarayonida 194 ta avtotransport vositalarida normadan ortiq holati aniqlanib, bartaraf etish uchun avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish shahobchalariga yo'naltirish choralarini ko'rilgan.
Mazkur tadbir davomida muntazam YPX maskanlarida, ko'chalarda hamda avtokorxonalarga kirish/chiqish joylarida foydalanishda bo'lgan avtotransport vositalari tekshirilib, ularda ishlatilgan gazlarida ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq bo'lgan taqdirda vaqtincha to'xtatib ta'mirlash evaziga jami 102 tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga chiqarilishi oldi olingan.
“Toza havo” tadbirining ikki bosqichi orasidagi samaradorlik dinamikasi quyidagicha namoyon bo'ldi.
Birinchi bosqichda tekshirilgan avtotransport vositalari soni 125 448 tani tashkil etgan bo'lsa keyingisida bu ko'rsatkich 144 896 taga etdi.
Toksiklik darajasi va tutun miqdorining oshishi birinchi bosqichda 4846 ta avtoulovda kuzatilgan bo'lsa, ikkinchisida bu ko'rsatkich 4267 tagacha kamaydi.
Birinchi bosqichda belgilangan tartibda jarimaga tortilgan haydovchilar soni 1215 nafar bo'lgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda bu 834 nafarga tushdi.
Ko'rib turganingizdek, tekshirish uchun to'xtatilgan mashinalar soni avvalgidan ko'p, lekin qoidabuzarlar, ya'ni nosoz avtomobillarning harakatlanishi “Toza havo” tadbiri samarasi o'laroq ancha kamaygan.