AQSh “G'azo sektorini olishga” va Falastin anklavini tozalashga tayyor. Bu haqda seshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo'lib o'tgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“AQSh G'azo sektorini oladi va biz unga g'amxo'rlik qilamiz. Biz unga ega bo'lamiz va barcha xavfli, portlamagan bombalar va boshqa qurollarni olib tashlash, hududni tozalash, vayron bo'lgan binolardan xalos bo'lish, u yerda yashovchi odamlar uchun cheksiz ish o'rinlari va uy-joylar yaratadigan iqtisodiy rivojlanishga ko'maklashish uchun javobgar bo'lamiz”, dedi Amerika rahbari.
“Men kim bilan gaplashmayin, barchasi AQSh ushbu yerga egalik qilish, unda bunyodkorlik ishlarini olib borish va minglab ish o'rinlarini yaratish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda”, dedi Tramp. Uning ishonchi komilki, “butun Yaqin Sharq bundan faxrlanadi”.