Donald Tramp ma'muriyati Vashington tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasiga Ukrainadan tezkor javob kutmoqda. Financial Times gazetasining yozishicha, AQSh Prezidenti Rojdestvodan oldin kelishuvga erishmoqchi va Vladimir Zelenskiyga javob berish uchun atigi “bir necha kun” muhlat bergan. Biroq, Yevropa rasmiylari asosiy masalalar bo'yicha kelishmovchiliklarni hal qilish uchun haftalar yoki oylar ketishi mumkinligiga ishonishadi.
Donald Trampning yelchilari Vladimir Zelenskiyga Vashington tomonidan taklif qilingan tinchlik kelishuviga javob berish uchun “bir necha kun” vaqt berishdi, bu kelishuv Ukrainadan AQShning noaniq xavfsizlik kafolatlari evaziga hududiy yo'qotishlarni tan olishni talab qiladi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi muzokaralar bilan tanish manbalarga tayanib xabar berdi.
Ukraina Prezidenti yevropalik hamkasblariga shanba kuni bo'lib o'tgan telefon qo'ng'irog'i davomida Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va AQSh Prezidentining kuyovi Jared Kushner uni tezkor qaror qabul qilishga undaganliklarini ma'lum qildi. Kievga taklif qilingan muddat bilan tanish manba FT nashriga Tramp 25-dekabr, Rojdestvoga qadar kelishuvga erishishga umid qilayotganini aytdi.
Zelenskiy AQSh vakillariga Yevropa ittifoqchilari bilan maslahatlashish uchun vaqt kerakligini aytdi, deb xabar berdi gazeta.ru.








