Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvning madaniy dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlari bilan birgalikda “Ermitaj” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

