Qayd etilishicha, “Sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish” loyihasi ikkinchi bosqichi doirasida dastlabki manzilli roʻyxatlar shakllantirildi

Manzilli roʻyxatga koʻra Jizzax viloyatida 83 km, Sirdaryo viloyatida 67 km uzunlikdagi jami 150 km sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish belgilab olindi.

2023-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida loyihani moliyalashtirish maqsadida 240,0 mln dollar qiymatidagi qarz bitimi imzolandi.

Loyihani amalga oshirish muddati – 4-yil (5-yil kafolatlangan ekspluatatsiya qilish davrini inobatga olgan holda 2023-2032-yillar davomida).

2024-yil 12-yanvarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan loyihani amalga oshirilishi yuzasidan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Keyingi bosqichda qurilishi amalga oshiriladigan ichki yoʻllarning dastlabki roʻyxati va qiymati shakllantirildi.