Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018-yildagi “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek, aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 808-sonli qarori bilan voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar taʼminoti uchun aliment toʻlash majburiyatini taʼminlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.

Mazkur Qaror mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida qator targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, buning natijasini Byuroning Tuproqqalʼa tuman boʻlimi misolida koʻrishimiz mumkin.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining 12.10.2015-yildagi ijro varaqasiga koʻra, qarzdor C.Odan undiruvchi R.D foydasiga uch nafar farzandining taʼminoti uchun har oylik ish haqi va daromadlarining 1/2 qismi miqdorida voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.

Qarzdor ota sobiq turmush oʻrtogʻi R.D. bilan oʻzaro kelishgan holda, oʻzi yashab turgan xonadonni voyaga yetmagan farzandlari uchun uning nomiga oʻtkazib bergan.