Unda Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etdi.

Oʻquv binosining ochilish marosimida yangi binodagi IT-laboratoriyada shifokorlar faoliyatini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan rentgen tasvirlarini saqlash – PACS&Medical images viewer dasturi mehmonlarda qiziqish uygʻotdi.

Universitet inkubatsiya markazi jamoasiga koronavirus bilan chalingan bemorlarning MSKT tasvirlarini yagona platformada saqlash boʻyicha foydalanish uchun qulay, boshqaruv paneli sodda va ortiqcha qogʻozbozlikni talab etmaydigan yangi platforma yaratish, loyihaning biznes rejasini ishlab chiqish taklif qilindi.

Dastur bevosita shifokorlar ishtirokida sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtsa, amaliyotga tatbiq etilishi taʼkidlandi.

Endilikda talabalar yangi oʻquv binoda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha puxta bilim va koʻnikmaga ega boʻlishadi.