2023-yilning yanvar-iyul oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 377 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 % ga oshgan.
Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi tarkibida Toshkent shahrining ulushi 64,8 %ni tashkil etdi.