Tadqiqotdan maqsad turizm sohasining iqlim oʼzgarishi, zaharli gazlar va ularnig atrof-muhitga salbiy taʼsir oʼtkazishining doimiy ravishda oldini olishga koʼmaklashishdan iborat.

May oyida G-20 mamlakatlari Turizm vazirlari mazkur sohani kuchli, barqaror hamda umumiy shaklda qaytadan ishlab chiqish lozim ekanini qayd etdi. Shu jumladan, ular shaharlarni koʼkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish va qoʼllab-quvvatlashini taʼkidladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti Ekoturizm va Turizm iqtisodiyoti maslahat kengashi, G-20 mamlakatlari bilan kelishgan holda iqlim sharoitini yaxshilash masalasida islohotlar oʼtkazish kerak ekanini oʼrtaga tashladi. Аks holda, Birlashgan Millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti  hamda Xalqaro Transport Federatsiyasi tomonidan oʼtkazilgan soʼnggi tadqiqot natijalariga koʼra, 2030 yilga borib butunjahon turizmi orqali tarqaladigan zaharli gazlar taʼsiri kamida 25% ga koʼtarilishi kutilmoqda.

Birlashgan Millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili shunday deydi: “Pandemiya va uning turizm, bandlik va iqdisodiyotga koʼrsatgan taʼsiri aholi, tabiat va moliya masalalari bilan aloqani qayta meʼyorlashtirishni bevosita taqozo qiladi. Yashil hududlarni koʼpaytirish nafaqat Yer sayyorasi uchun, balki turizm sohasining oʼzi uchun ham dolzarb masaladir. Zero, bu harakat tashkilotlar oʼrtasida raqobatbardoshlik hamda chidamlilikni oshiradi”.

Yuqorida tilga olingan tadqiqot Birlashgan millatlar tashkiloti iqlim oʼzgarishi 26-konferentsiyasiga koʼrilayotgan tayyorgarliknnig bir qismi hisoblanib, natijalar 2021 yil noyabrь oyida Glazgo shahrida taqdim etiladi. Loyiha Yagona Sayyora barqaror turizm dasturi yordamida shakllantirilgan.

Soʼrovnoma 2021 yil 15 iyulgacha barcha tashkilotlar, biznes va turizm birlashmalari uchun ochiq.

Аlisher Navoiy nomidagi oʼzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Malikaxon Rajabova tayyorladi.