Avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etib, uning doirasida olingan surat va videolarni quyidagi xeshteglaridan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlarda joylagan hamda eng koʻp koʻrilgan postlar egalari velosiped va sport ekipirovkalarini qoʻlga kiritadi:
#carfreeday_uzbekistan
#shaxsiynamunakursat
#avtomobilsizbirkun
Bunda 5 nafar birinchi oʻrin egalari – velosiped, 5 nafar ikkinchi oʻrin egalari sport ekipirovkalari bilan mukofotlanadi.
Shu bilan birga, avtomobilsiz kun aksiyasini eng faol targʻib qilgan 5 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar velosiped bilan mukofotlanadi.
Gʻoliblarga mukofotlar 27-sentyabr – Butunjahon turizm kuni Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Avtomobilsiz kun aksiyasini oʻtkazishdan maqsad mamlakatimiz aholisi oʻrtasida ekologik madaniyat va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoʻl harakati xafsizligini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.
Shunday ekan, barchangizni yuqoridagi xeshteglarni qoʻllagan holda tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!