Delegatsiya Oʻzbekistonga “Turk dunyosi mamlakatlari: Oʻzbekiston - Turkiya. Kino sanoati sohasida mamlakatlar oʻrtasida hamkorlik va koproduksiya shakllarini izlash" shiori ostida tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligining xabar berishicha, uchrashuv doirasida “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida Turkiya kinoijodkorlari delegatsiyasining ishtirok etish imkoniyati muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya tarkibi, Toshkent kinofestivaliga Turkiya tomonidan taqdim etiladigan filmlar soni va tarkibi muhokama qilindi. Tomonlar bir qator qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Uchrashuvda X7-Telecom GmbH boshqaruv kengashi raisi, MUSIAD Yevropa mustaqil sanoatchilari va ishbilarmonlari assotsiatsiyasi prezidenti, “Dark Istambul Media A.Ş” bosh direktori Burxan Saglam, Butunjahon loyiha tashkiloti direktorlar kengashi aʼzosi, Sanoat dizaynerlari professional uyushmasi prezidenti, Ijodiy tashabbuslar kengashi raisi, Design Turkey ijroiya kengashi aʼzosi E. Sertak Ersain, Turk dunyosi hujjatli filmlari kinofestivali tashqi aloqalar boʻyicha direktori, Turk dunyosi kinoijodkorlari uyushmasi koordinatori Bayram Bayrammuhammedov va “Buxoriylar” MCHJ direktori Ulugʻbek Abdullayev ishtirok etishdi.