Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar markaziy banklari kengashi tashkil etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyati Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti doirasida markaziy bank rahbarlari uchrashuvida qatnashdi.

    Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo markaziy banklar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

    Shuningdek, tadbir davomida Ozarbayjon Markaziy banki raisi Talex Kyazimov, Qozog‘iston Milliy banki raisi Timur Suleymenov va Turkiya Markaziy banki raisi Fatix Karaxan bilan ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va kelasi davrlar uchun o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar muhokama etildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.