Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida ikki davlat oʻrtasida imzolangan imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish, mahsulotlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlash, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida oʻzaro savdoni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun ikki davlat ekspertlaridan iborat qoʻshma ishchi guruh tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.