Turkiyada avtobus ag'darilib ketdi, to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi, 24 kishi jarohatlandi

    Turkiyaning Bingyol viloyatida yo'lovchi avtobusi ag'darilib ketdi.

    Bu haqda Haber Global xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa oqibatida to'rt kishi halok bo'lgan, 24 kishi jarohatlangan.

    Qayd etilishicha, voqea joyiga tez yordam va politsiya xodimlari jalb qilingan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi report.az.