Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Aksaray viloyatining Adjipinar qishlog'i hududida yuz bergan yo'l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo'lgan, 20 kishi jarohatlangan.
Nevshehir viloyatidan Kapadokiyaga ketayotgan avtobus haydovchisi noma'lum sabablarga ko'ra boshqaruvni yo'qotdi.
Aksaray viloyati gubernatori Mehmet Ali Kumbuzo'g'luning ma'lum qilishicha, voqea sodir bo'lgan vaqtda avtobusda 44 kishi bo'lgan.
Hodisa joyiga tez yordam va o't o'chirish brigadalari yuborildi, deb xabar beradi azertag.az.