Turkiya koronavirusning ikkinchi choʻqqisidan oʻtmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.kz RIA Novostiga asoslanib.
“Pandemiya davom etmoqda, har kuni yuqtirish holatlari koʻpaymoqda. Biz birinchi toʻlqinning ikkinchi choʻqqisini boshdan kechirmoqdamiz. Anqara, Istanbul, Izmir, Bursa hali ham yuqori xavf ostida”, — dedi mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Fahrettin Koja.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatning sharqiy viloyatlari - Gaziantepa, Shanliurfa, Mardin, Erzurumda koʻplab yangi yuqtirish holatlari kuzatilmoqda.
Vazirning taʼkidlashicha, Turkiyada chorshanba kuni 1,596 ta yangi koronavirus holati qayd etildi, bu 15-iyundan beri kunlik eng katta oʻsish.