Turkiyada mikroavtobusning halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Turkiya janubi-sharqidagi Mersin shahrida mikroavtobusning halokatga uchrashi oqibatida besh kishi halok bo'ldi, o'ndan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda turk OAVlari xabar berdi.

    Mikroavtobusda qishloq xo'jaligi ishchilari bo'lgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'l-transport hodisasida halok bo'lgan va jarohatlanganlarning barchasi Turkiya fuqarolari bo'lgan, deb xabar berdi report.az.