Epimarkazi Turkiyaning g'arbiy qismidagi Balikesir viloyatida bo'lgan zilzila kuchi 6,1 ballni tashkil etdi va bir qancha viloyatlarda, xususan, Istanbul sezildi, deb xabar berdi avvalroq Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) seysmologlari. Sindirgida uchta bino va bitta do'kon qulab tushdi.

“Zilzila oqibatida yigirma olti kishi jarohat oldi, ularning barchasi shifoxonalardan chiqarildi. Qurbonlar yo'q. 12 bor 4 balldan yuqori aftershok qayd etildi”, dedi vazir brifingda.

O'z navbatida, zilzila sezilgan Istanbul, Izmir va Manisa viloyatlari rasmiylari tabiiy ofatning salbiy oqibatlari haqida hech qanday xabarlar yo'qligini ma'lum qilishdi, deb xabar berdi ria.ru.