“Hammasi samolyot halokatiga texnik nosozlik sabab bo'lganini ko'rsatmoqda”, dedi al-Lafi Al-Jazeera telekanaliga.

Avvalroq Liviya Milliy birlik hukumati rahbari Abdelhamid Dbeyba Anqaradan havoga ko'tarilganidan ko'p o'tmay radarlardan g'oyib bo'lgan aviahalokatda al-Haddod va uning atrofidagilar halok bo'lganini ma'lum qilgan edi. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya avvalroq Anqaradan havoga ko'tarilganidan so'ng g'oyib bo'lgan samolyot bortida Liviya armiyasi shtab boshlig'i Muhammad al-Haddod bo'lganini ma'lum qilgandi. Uning so'zlariga ko'ra, soat 20:10 da Anqaradagi Esenboga aeroportidan uchgan, ro'yxatga olish raqami 9H-DFJ bo'lgan Falcon 50 samolyoti bilan aloqa soat 20.52 da (Moskva vaqtiga to'g'ri keladi) uzilgan. Samolyot Xaymana tumani yaqinida favqulodda qo'nishga signal bergan, deb xabar berdi ria.ru.